Kissavur ayol qoʻlga tushdi
Uchkoʻprik tumani. E.V ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 30-avgust kuni noma’lum shaxs Qoʻqon shahridan “Qoʻqon-Yangiqoʻrgʻon” yoʻnalishiga harakatlanuvchi “Дамас” rusumli avtomashinada sumkasidan narxi 1.800.000 soʻmlik “Самсунг A10” rusumli uyali telefon apparati va 200.000 soʻm pullarini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.R ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati