9 Mart 2020 yil 953

Аvtomobil oynalarini tusini oʼzgartirib, qalbaki ruxsatnoma bilan yurgan haydovchi aniqlandi

  Fargʼona viloyati IIB YHXB tomonidan tegishli ruhsatsiz transport vositasi oynalarining tusini oʼzgartirgan haydovchilarga nisbatan qonuniy chora koʼrish maqsadida tadbirlar oʼtkazilmoqda. Birgina mart oyining shu kuniga qadar 89 nafar ana shunday qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar aniqlandi. Endi ushbu haydovchilar bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdoridagi (5575000 soʼm) jarimaga tortilishi mumkin.
    Аmmo, joriy yilning 08 mart kuni aniqlangan holatda haydovchi jinoiy javobgarlikka tortildi. Yaʼni, shu kuni Fargʼona shahar B.Margʼiloniy va Sayilgoh koʼchalari kesishgan chorrahada viloyat IIB YHXB inspektori tomonidan“Nexia-3” rusumli avtomobil toʼxtatilib, tekshirilganda haydovchi avtomobil oynalarining tusini oʼzgartirganligi (tonirovka qilinganligi) maʼlum boʼlagan.
    Haydovchi transport vositasining oynalarini tusini oʼzgartirish uchun berilgan ruhsatnomani taqdim qilgan. Lekin, haydovchining oʼzini tutishi va hujjat inspektorda shubha uygʼotadi.Ruhsatnoma sinchiklab koʼzdan kechirilganda qalbaki ekanligi, qoʼlbola tarzda tayyorlanganligi maʼlum boʼldi.
    Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va ushbu moddaning 3-qismi boʼyicha jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
    Hurmatli haydovchilar!
    Oʼylab koʼring!
Oʼzboshimchalik bilan transport vositalarining oylanalari tusini oʼzgartirganlik uchun belgilangan jarima miqdoriga ikki marotaba qonuniy ruhsatnoma olish mumkin.
Yuqoridagi haydovchi esa, jarima bilan qutilmaydi. U qonun oldida javob berishi kerak. Jamiyatda belgilangan mezonlarga amal qilgan insonning turmishi xotirjam oilasi farovon boʼladi.
    Ogoh boʼling!

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech