Avtomashina salonidan Antiradar moslamasini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi
Qoʻqon shahri. 2-fevral kuni S.J ismli fuqaro IIBga murojaat qilib, unda, shu kuni noma’lum shaxs Qoʻqon shahar, Shayx Islom koʻchasida qarovsiz qoldirilgan “Neksiya” rusumli avtomashinasi salonidan narhi 135 AQSH dollarlik antiradar moslamasini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qoʻqon shaharda yashovchi N.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati