19 Aprel 2022 yil 435

Adolatdan yashiringan shaxslar qoʻlga olindi

18-aprel kuni Fargʻona viloyati IIB 2-Mintaqaviy hudud PPX va JTSB 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.Sh.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Qoʻqon shahar IIB HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.Sh.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech