Fargʻona viloyati IIB xodimlari 2 nafar qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olindi
Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 1-Mintaqaviy hudud 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.U.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida boʻlgan Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻirlikda shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan I.Gʻ.ni Moskva shahrida qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati