25 Avgust 2022 yil 452

Fargʻona shahrida 18.000.000 soʻmlik uyali telefon apparatlarini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Fargʻona shahar.Fuqaro Q.O IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 10-avgust kunidan 11-avgust kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Kashtanzor koʻchasida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, savdo doʻkonidan jami narxi 18.000.000 soʻmlik turli rusumdagi uyali telefon apparatlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻona viloyati IIB birinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni I.I sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchi Q.O.ga tegishli 6-dona telefon apparatlari daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech