Qoʻqon shahrida “Lasetti” rusumli avtomashinasini fuqaroga aldab sotgan shaxs fosh boʻldi
Qoʻqon shahri. 2021-yilning 27-dekabr fuqaro Z.R IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 20-dekabr kuni A.T.Huqandiy mavzesida ishonchiga kirib, “Lasetti”usumli avtomashinasini muammosi yoʻqligini yolgʻondan aytib, tegishli bank tomonidan ta’qiq qoʻyilgan boʻlishiga qaramasdan 3.000 AQSH dollarga sotib, aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati