26 Mart 2020 yil 1224

Jirkanch ishga qoʼl urganlar...

Fargʼona shahri. Joriy yilning 24 mart kuni Fargʼona shahar IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Fargʼona shahrida yashovchi Yu.G. yashash xonadonida M.M. va J.S.larga 70.000 soʼm evaziga jinsiy extiyojlarini  kondirishlari uchun  sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ashyoviy dalil  bilan ushlangan.         

Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Yu.G. ga nisbatan  Oʼzbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʼona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni qonunlarga rioya qilishga chaqirib qoladi.

 

 Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech