Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish boʻyicha tanlov e’lon qilinadi
Tanlov tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida oʻtkaziladi.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish
instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetining Maxsus operatsiyalarni amalga
oshirish faoliyati, Yo‘l-patrul faoliyati yo‘nalishlariga 2025-o‘quv yili uchun
oʻqishga qabul qilish belgilangan.
-
Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyatiga (o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ma’lumotga
ega bo‘lgan, jismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori, qoʻl jangi usullarini
mukammal oʻzlashtirgan boʻlishi), boʻyi 170 sm.dan past boʻlmagan erkaklar;
- Yo‘l-patrul
faoliyatiga (Tegishli mutaxassislik bo‘yicha Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan), bo‘yi
175 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar qabul qilinadi.
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:
- Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
- Yashash
manzili boʻyicha Fargʻona viloyatida doimiy roʻyxatda turishi;
- Yoshi 18 yoshdan
kichik, 30 yoshdan katta boʻlmagan boʻlishi;
- Muddatli yoki
safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi.
- Oliy, oʻrta maxsus yoki
oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlari xodimlari
qabul qilinadi.
Kasbiy
tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagida boʻlgan fuqarolar quyidagi
hujjatlari bilan kelishlari soʻraladi:
-
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;
-
harbiy guvohnoma (asl nusxasi);
- oliy,
oʻrta maxsus yoki oʻrta ma’lumotini tasdiqlovchi diplom, shaxodatnoma ilovasi
(asl nusxasi);
-
yaqin qarindoshlarning (ota-ona, aka-uka, opa-singil,) biometrik pasporti yoki
identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi);
- ish
joyidan (ishlayotgan boʻlsa) tavsifnoma;
- nomzod
tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
- anketa-ma’lumotnoma;
- belgilangan
namunadagi sogʻligʻining holati haqida ma’lumotnoma (boʻyining balandligi
boʻyicha antropometrik parametri koʻrsatilgan holda)
Ichki
ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetida
oʻqish istagida boʻlgan fuqarolar 2024-yil 16-dekabr
kunidan
2025-yil 16-yanvar
kuniga qadar (soat 08:30dan 18:00gacha) doimiy yashash manzili boʻyicha
Ichki ishlar boʻlimlariga murojaat etishlari soʻraladi.
Eslatma: Belgilangan
kundan keyin murojaat etgan nomzodlar roʻyxatiga kiritilmaydi.
Nomzodlar qoʻshimcha
ma’lumotlarni telegram ijtimoiy tarmogʻidagi fviib.uz manzili orqali bilib olishlari mumkin.
Murojaat uchun tel: 73.244-15-56