Yozyovon tumanida OITS infeksiyasini qastdan yuqtirishda gumonlangan ayol qoʻlga olindi
Fargʻona viloyati IIB JQB hamda Yozyovon tumani IIB hodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Yozyovon tumanida yashovchi M.A ismli ayol yashash xonadonida gʻarazli va past niyatlarda erkak va M.X ismli ayolning jinsiy ehtiyojlarini qondirishi uchun 150.000 soʻm pul evaziga sharoit yaratib berganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan IIB xodimlari tomonidan oʻrganish olib borilganida M.X ismli ayol 2016-yildan buyon OITSga qarshi kurashish markazida “D” nazoratda boʻlib, OIV infeksiyasiga chalinganligini bilib turib, betartib jinsiy hayot kechirib yurganligi ma’lum boʻldi.
Hozirda hazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan fuqaro M.A ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan, M.Xga nisbatan esa 113-moddaning 4-qismi bilan ayb e’lon qilinib, M.X protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati