15 Avgust 2024 yil 5983

Farg‘ona shahrida faxriylar va yosh xodimlar ishtirokida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi

Xabaringiz bor joylarda uch avlod uchrashuvlari tashkil qilinmoqda. Bu orqali ustozlarning boy amaliy tajribasi yoshlarga singdirilyapti.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarda vatanparvarlik, kasbga sadoqatni shakllantirish, xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan mazkur tadbirlarda ustozlar ularga o‘z maslahat va tavsiyalarini berdilar.

Shu kuni yangi ish boshlagan inspektorlarga faxriylardan murabbiylar biriktirildi.

Shuningdek, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan profilaktika inspektorlari pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Bu ezgu tashabbus yurtimizni yanada farovon, tinch va osoyishta bo‘lishiga xizmat qiladi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech