22 Yanvar 2025 yil 1908

Buvayda tumani IIBda yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil qilindi

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik F.Usarov boshchiligidagi tadbirda 2024 yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va 2025 yil 1-choragida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tahlil qilindi.

Tanqidiy ruxda o‘tgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, kiberjinoyatlarga va terrorizmga qarshi kurashish hamda alohida toifadagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech