17 Fevral 2020 yil 698

Аvtohalokat natijasida yana bir fuqaro halok boʼldi.

Oʼzbekiston tumani. 2020 yil 16 fevralь kuni “Tovar” qishlogʼida yashovchi 30 yoshli Z.Z., boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan Qoʼqon-Yaypan avtomobilь yoʼli boʼylab Qulibek qishlogʼi hududida boshqarib ketayotganida, qarama-qarshi yoʼnalishga chiqib ketishi oqibatida Dashthasan qishlogʼida yashovchi 27 yoshli fuqaro А.S.,ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasi bilan toʼqnashib ketib, yoʼl transport hodisasi sodir etgan. Natijada fuqaro Z.Z., tan jarohati olib, tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan va shu kuni koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Z.Z.,ga nisbatan Oʼzbekiston tuman IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

                                                                       Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech