11 Noyabr 2025 yil 463

Bugun Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i tomonidan navbatdagi qabul o‘tkazildi

Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni eshitish va  hal qilish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash, Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan bugun qabullar o‘tkazildi.

Qabul davomida 40 nafar fuqarolardan turli masalalarda 41 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 14 tasi joyida ijobiy hal etildi.

11 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 16 ta murojaat bo‘yicha kompleks o‘rganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullariga alohida vazifalar yuklatildi va nazoratga olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech