Viloyat ichki ishlar boshqarmasida 6 oylik yakunlari sarhisob qilindi
Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Tergov departamenti boshligʻi, polkovnik Ya.Abdulhaqov ishtirokida 2023-yilning 6 oylik yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Videokonferensiyaaloqa tarzida tashkil etilgan tadbirda viloyat IIB boshligʻi, polkovnik M.Joʻrayev, boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman studiyalarida esa ichki ishlar boʻlimi boshliqlari va oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tergovchilar, tezkor vakillar hamda profilaktika (katta) inspektorlari ishtirok etdi.
Anjumanda boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari, podpolkovnik I.Tillayev oʻtgan olti oy davomida viloyatda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va fosh etish borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Hisobotdan kelib chiqib, boshqarma va uning quyi tizimlarida jinoyatchilikning erta aniqlash va ularni jilovlash borasida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar tanqid qilindi, erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Kelgusida bajarilishi zarur boʻlgan eng ustuvor vazifalar esa belgilab olindi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Tergov departamenti boshligʻi, polkovnik Ya.Abdulhaqov jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yoʻnalishida kelgusidagi ishlarni sifat jihatidan yanada yaxshilash boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.
Tadbir davomida viloyat hududida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishda xizmat vazifasiga vijdonan yondashgan, hamkasblariga har tomonlama oʻrnak boʻlayotgan xodimlarning xizmati munosib e’tirof etildi. Ularning bir guruhiga IIV rahbariyatining tashakkurnomasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasining qimmatbaho esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari topshirildi.