Uchko‘prik tumanida “marixuana” saqlagan shaxs qo‘lga tushdi
Uchko‘prik tumani. 15 noyabr kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Katta Qashqar qishlog‘ida yashovchi Yu.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati