9 Avgust 2022 yil 410

Uchkoʻprik tumanida “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Uchkoʻprik tumani.01-avgust kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, S.U.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 8 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech