Rishton tumanida oliy oʻquv yurtiga joylashtirishni va’da qilib, 3.000 AQSH dollar pullarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Rishton tumani. 2022-yilning iyun oyida Q.R. tanishi T.N. ismli ayol ishonchiga kirib, oʻqishini Qirgʻiziston Respublikasi, Osh viloyatida joylashgan Oliy ta’lim muassasidan Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan Oliy oʻquv yurtlaridan biriga oʻzining tanishlari orqali oʻtkazib qoʻyishligini va’da qilib, 3.000 AQSH dollar pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati