1 Avgust 2022 yil 429

Qoʻqon shahrida taqiqlangan vositani yonida saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar.2022-yilning 21-iyul kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Turkiston koʻchasi 4-uy oldida oʻzini shubxali tarzda tutganligi uchun yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech