19 Yanvar 2023 yil
410
Fargʻona tumanida reklama uchun koʻchaga qoʻyilgan 5.000.000 soʻmlik temir darvoza oʻgʻirlab ketildi
Fargʻona tumani.Fuqaro T.A IIBga murojaat qilib, unda 05-yanvar kuni noma’lum shaxs Oʻrtashoʻra mahalla hududiga reklama uchun qoʻyilgan 5.000.000 soʻmlik temir darvozasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati