26 Iyul 2022 yil 465

Fargʻona shahrida giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar.2022-yilning 18-iyul kuni Fargʻona viloyati IIB
1-mintaqaviy hudud PPX otryad 2-guruh xodimlari va shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, A.I mahalla hududida oʻzini shubxali tarzda tutganligi uchun yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda “marixuana” va “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech