25 Iyul 2023 yil 427

Plastik kartadan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Fuqaro A.X IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 2-fevral kuni noma’lum shaxs bank  tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 1 350 000 soʻm pullarini sezdirmasdan yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech