9 Avgust 2023 yil
470
Fargʻona shahrida “Gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar. 2023-yilning 20-iyul kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, U.J Sanoat koʻchasida oʻzini shubxali tarzda tutganligi sababli yonidagi noqonuniy narsa va buyumlarni taqdim etish soʻralganida, u oʻz ixtiyori bilan gugurt qutiga solingan, “gashish” giyohvandlik moddasini taqdim qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati