22 Noyabr 2022 yil 245

Dangʻara tumanida avtomashina olib qochgan shaxs qoʻlga olindi

Dangʻara tumani. 19-noyabr kuni soat 23:48 larda 2000-y.t. A.A Yangidiyor koʻchasida eshiklari quflanmagan holda qarovsiz qoldirilgan X.Sh.ning “Lasetti” rusumli oq rangli avtomashinasiga oʻtirib, kaliti oʻzida boʻlganligidan foydalanib, uni boshqarib hodisa joyidan noma’lum tomonga ketib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech