11 Iyul 2022 yil
424
Bagʻdod tumanida kissavur ayol aniqlandi
Bagʻdod tumani.2022-yilning 07-iyul kuni A.I ismli ayol Oʻzbekiston mahallasida joylashgan markaziy buyum bozoriga xarid uchun kelgan T.M.ni ayollar sumkasidan 160.000 soʻm pullarini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati