18 Iyul 2023 yil 3626

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish boʻyicha tanlov e’lon qilinadi

Tanlov tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida oʻtkaziladi.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetining Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati, Yo‘l-patrul faoliyati, Jamoat tartibini saqlash faoliyatlariga 2023/2024 o‘quv yili uchun oʻqishga qabul qilish belgilangan.

- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyatiga (o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, jismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori, qoʻl jangi usullarini mukammal oʻzlashtirgan boʻlishi), boʻyi 165 sm.dan past boʻlmagan erkaklar;

- Yo‘l-patrul faoliyatiga (Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan), bo‘yi 175 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar, 170 sm.dan past bo‘lmagan ayollar;

- Jamoat tartibini saqlash faoliyatiga (Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan), bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar, 165 sm.dan past bo‘lmagan ayollar qabul qilinadi.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;            
- Yashash manzili boʻyicha Fargʻona viloyatida doimiy roʻyxatda turishi;
- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta boʻlmagan boʻlishi;
- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi.
- Oliy, oʻrta maxsus yoki oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari qabul qilinadi.

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kirish istagida boʻlgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan kelishlari soʻraladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;
- harbiy guvohnoma (asl nusxasi);
- oliy, oʻrta maxsus yoki oʻrta ma’lumotini tasdiqlovchi diplom, shaxodatnoma ilovasi (asl nusxasi);
- yaqin qarindoshlarning (ota-ona, aka-uka, opa-singil,) biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi);
- ish joyidan (ishlayotgan boʻlsa) tavsifnoma;
- nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
- anketa-ma’lumotnoma;
- belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida ma’lumotnoma (boʻyining balandligi boʻyicha antropometrik parametri koʻrsatilgan holda).
            
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetida oʻqish istagida boʻlgan fuqarolar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (soat 08:30 dan 18:00 gacha) doimiy yashash manzili boʻyicha Ichki ishlar boʻlimlariga murojaat etishlari soʻraladi.

Eslatma: Belgilangan kundan keyin murojaat etgan nomzodlar roʻyxatiga kiritilmaydi.
               Nomzodlar qoʻshimcha ma’lumotlarni telegram ijtimoiy tarmogʻidagi fviib.uz manzili orqali bilib olishlari mumkin.

 

Murojaat uchun tel: 73.244-15-56

Text to speech