31 Dekabr 2024 yil 1943

Bayram munosabati bilan ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi

Yangi yil bayrami munosabati bilan Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan IIO tergov tizimida samarali xizmat qilgan nafaqadagi xodimlarning holidan xabar olindi.

Darhaqiqat ular ayni navqiron paytlarida yurtimiz tinchligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini munosib himoya qilishgan.

Iste’fodagi polkovnik Li Valeriy hamda Li Viktor Dyunbonovichlar ham ana shunday faxriylardan. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Elyorbek Ganiev  ularning xonadonida bo‘ldi. Ustozlarga bayram sovg‘alari ulashildi. Sohadagi fidoyiliklari e’tirof etildi. Yosh xodimlarga ko‘rsatayotgan beminnat yordamlari uchun minnatdorchilik bildirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech