Hurmatli fuqarolar!
2024 yil 28 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksning 185 prim 1-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘RQ-949-son Qonuni
qabul qilindi.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining MJtKga pirotexnika
buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab
chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqqanlik,
shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki O‘zbekiston
Respublikasiga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik
xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini
nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Alohida e’tibor, MJtKning 248-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga
asosan, ichki ishlar organlari nomidan ushbu kodeksning 185 prim 1-moddasida nazarda
tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari tayanch
punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish vakolati berildi.
Jumladan, MJtKning
185 moddasi prim 1-moddasida “Pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish,
huquqbuzarlik
ashyolarini musodara qilib, bazaviy xisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pirotexnika
buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish,
jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasidan
olib chiqish,
huquqbuzarlik
ashyolarini musodara qilib, bazaviy xisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pirotexnika
buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib
kirish,
huquqbuzarlik
ashyolarini musodara qilib, bazaviy xisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan
ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi” mazmunda belgilandi.
Hurmatli yurtdoshlar,
qonun talablariga rioya qilmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishidan
ogohlantiramiz!
Farg‘ona viloyati
IIB viloyati ichki ishlar boshqarmasi.