Qoʻqon shahrida uddaburonga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻqon shahri. 30-dekabr kuni fuqaro T.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Farobiy koʻchasida joylashgan savdo kompleksi hududida 200 AQSH dollar pulini 2.180.000 soʻmiga ayriboshlab berishligini aytib aldab, undan 200 AQSH dollar pulini olib, 1.380.000 soʻm pullarni berib, 800.000 soʻm pullarini bermasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati