Qoʻqon shahrida kumush va tilla buyumlarini sotib olishini aytib aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritgan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar.2022 yilning 12-fevral kuni fuqaro Q.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 11-yanvar kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, telegramm ijtimoiy tarmogʻi orqali sotish uchun joylashtirgan kumush va tilla buyumlarini sotib olishini aytib, aldov yoʻli bilan plastik karta kodi va parolini olib, plastik kartasidan 3.848.000 soʻm pullarini boshqa plastik kartaga oʻtkazish orqali qoʻlga kiritganligin bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati