5 May 2022 yil 519

Qo'qon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs qo'lga tushdi

Qo'qon shahar.2022 yilning 29 aprelь kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, V.To'ra ko'chasida N.M.ning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, egnidagi ko'ylagini chap cho'ntagida “gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariyasida aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste'mol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech