26 Noyabr 2021 yil 427

Uchkoʻprik tumanida «marixuana» saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Furqat tumani. 20-noyabr kuni viloyat va tuman IIB xodimlari bilan xamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, "Ingichka" MFY hududida yashovchi T.I ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech