20 Yanvar 2022 yil 420

Uchkoʻprik tumanida xonadon yertoʻlasida “ogʻu” saqlayotgan shaxs aniqlandi

Uchkoʻprik tumani. 2022-yilning 16-yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Navroʻz MFY hududida yashovchi N.I.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yertoʻlasida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech