Uchkoʻprik tumanida gaz balon oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Uchkoʻprik tumani. 09-dekabr kuni Tojik qishlogʻida yashovchi fuqaro A.X IIBga murojaat qilib, unda 08-dekabr kunidan 09-dekabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan “Gaz-53” rusumli yuk avtomashinasining narxi 10.000.000 soʻmlik gaz balonini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh.M va K.T sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati