Toʻyxonadan uyali telefon apparati oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahar.M.R IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 30-iyul kuni noma’lum shaxs oʻzi ishlab kelayotgan joyi toʻyxona xonasida uxlab yotgan vaqtida qarovsiz qolgan narxi 3.843.000 soʻm boʻlgan “Redmi-Not-11” telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati