29 Iyun 2022 yil 416

Toshloq tumanida 4 “tup” kannabis oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan

Toshloq tumani. 2022-yilning 23-iyun kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Turvat mahalla hududida yashovchi O.Sh.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda tomorkasida 4 tup “kannabis” oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech