15 Noyabr 2024 yil 802

Toshloq tumanida sayyor sud o‘tkazildi

Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘ining 109-sonli  "Alohida toifadagi shahslar bilan fuqarobay ishlash to‘g‘risida"gi Farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbir davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudi, tuman IIB  hamkorligida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Sud jarayonida tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turib jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagani uchun jami 1 nafar mahkumning jazo turi og‘irrog‘iga almashtirildi. 33 nafar munosib hulq-atvorda, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumlar esa muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech