5 Iyun 2024 yil 4459

  Bag‘dod tumani hududida tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Bag‘dod tumani hududida tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda


Tumanning Matqulobod  MFY hududida o‘tkazilgan profilaktik tadbiri davomida 18 ta ob’ektlar to‘liq tekshirildi,


Tungi tadbir davomida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 20 nafar shaxslar bilan tekzor-profilaktik ishlovlar o‘tkazildi.


YPX, PPX va Milliy gvardiya xodimlar tomonidan nazorat reydlar o‘tkazilib, avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazilib,  qoidabuzarlik sodir qilgan fuqarolarga nisbatan 15 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.


Tadbir davomida 1 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxs  hushyorxonaga olib kelib yotqizildi.


Probatsiya guruhi hisobida ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarning yashash xonadonlari tekshirildi.


 -“TIG‘” tadbiri davomida 2 nafar fuqaro o‘tkir tig‘li pichoqni ehtiyotsizlik keltirib chiqaruvchi holatda olib yurganligi aniqlanib, ularga nisbatan O‘z.Res.MJtKnin 185-moddasi prim 2-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.


Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech