23 May 2023 yil
                            
                                725                            
                    Tergovdan yashiringan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati IIB TQX Qidiruv boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan T.Sh.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati