4 Aprel 2023 yil 215

Tergovdan yashiringan erkak va ayol qoʼlga olindi

Fargʼona shahar IIO FMB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan P.Sh.ni qoʼlga olishdi.

Shuningdek, Uchkoʼprik tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʼprik tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan T.D ismli ayolni qoʼlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʼlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʼlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech