15 Iyun 2023 yil 210

Tergovdan yashiringan ayolni qoʻlga olishdi

Fargʻona viloyati IIB TQX “Qidiruv” boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Y.X ismli ayolni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech