20 Iyun 2023 yil
518
Tergovdan yashiringan shaxs qoʻlga olindi
Oltiariq tumani IIB JQB va Probatsiya boʻlimi xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (Oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan S.N.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi
ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati