8 Yanvar 2020 yil 5276

Tayinlov

General-mayor
Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich

Ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta'minlash va harbiy tuzilmalar bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar B.Mirzaraximov Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlari qo'mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik
Adilov Baxrambek Kaxramanovich 

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

Polkovnik
Batыrov Xasan Arzudinovich

Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo'shinlari qo'mondoni lavozimiga tayinlandi. 
Tayinlovga qadar X.Batыrov Ichki ishlar vazirligi Ichki vazifalar qo'shinlari Korpusi qo'mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo'yicha o'rinbosari
lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik
 Xudoynazarov Shokirjon Abdumalikovich 

Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlari qo'mondoni lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar SH.Xudoynazarov Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlari qo'mondonining birinchi o'rinbosari-shtab boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Text to speech