6 Iyun 2022 yil 417

Taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Uchkoʻprik tumani.2022-yilning 26-may kuni tuman IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangiyer qishlogʻida yashovchi M.T.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 329 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniklanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech