22 Iyul 2022 yil
410
Bagʻdod tumani IIB JQB xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
Bagʻdod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining
169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.N ismli ayolni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati