Quvasoy shahrida fuqaroga “Spark” rusumli avtomashina olib berishini va’da qilib, aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Quvasoy shahar.Fuqaro I.M IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning iyul oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, tanishlari orqali “Spark” rusumli avtomashina olib berishini aytib, oldindan 1.500 AQSH dollar pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Sh.J sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati