21 Noyabr 2022 yil 441

Savdo markazidagi rasta ustida qarovsiz qoldirilgan pullarni oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Qoʻqon shahar. Fuqaro T.S IIBga murojaat qilib, unda 05-oktabr kuni noma’lum shaxs, Navbahor koʻchasida joylashgan “Risq-baraka” savdo kompleksida rasta ustida qarovsiz qoldirgan 1.115.000 soʻm pullarni oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech