19 Avgust 2020 yil 915

QIDIRUVDА KOʼMАK SOʼRАYMIZ

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari! 2020 yil 14 avgust kuni Oltiariq tumani, Gʼayrat MFY, Mirishkor koʼchasi 22-uydan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan 26 yoshli Saidova Maxliyo va 7 oylik chaqalogʼining qidiruvida koʼmak soʼraymiz.

Belgilari: boʼyi 160-165 sm, sochlari qora, koʼzlari qora.

Egnidagi kiyimlari: qizil koʼylagi, qizil lozim, oyogʼida sariq rangli tapochkasi.

Maxliyoning turar joyi haqida biror maʼlumotga ega boʼlsangiz, quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni soʼraymiz:

73-244-02-76, 73-244-02-69 yoki 102.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech