7 Mart 2022 yil 356

Rossiyaga ishga joʻnatishni bahona qilib, aldab pullarni qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʻona shahri. 04-iyul kuni JSH. IIBga murojaat qilib, unda 27-mart kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 300 AQSH dollari evaziga Rossiya Federatsiyasi Moskva shahriga ishga yuborishini aytib, pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.N sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech