29 Mart 2023 yil 1444

Rishton tumanida voyaga yetmagan qiz atraksiondan yiqilib, tan jarohati oldi

2005-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan N.O ismli qiz 2023-yil 23-mart kuni tuman markaziy istirohat bogʻidagi “Piratskiy korabl” nomli atraksionda uchayotib, ehtiyotsizlik oqibatida atraksionidan tushib ketib, tan jarohati olgan hamda tuman tibbiyot birlashmasining qabul boʻlimiga olib kelingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning oʻzida Rishton tumani IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan va N.O.ning olgan tan jarohati boʻyicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hodisa sabablarini aniqlash, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan yoki qilinmaganligini aniqlash yuzasidan Bandlik boshqarmasiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.

Hozirgi kunda voyaga yetmagan N.O Bagʻdod tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlarning nazoratida davolanmoqda va ahvoli yaxshilanyapti.

Holat yuzasidan Rishton tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech